Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

YPX xodimi avtomobilni nega to‘xtatganini tushuntirishi shart

YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchilariga ularni to‘xtatish sababini tushuntirishga majbur.

YPX xodimi tomonidan transport vositasi hujjatlarini tekshirish uchun to‘xtatilganda, faqat ushbu hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha choralar ko‘radi.

Qoida buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda, YPX xodimi haydovchiga dastlab sodir etgan qoida buzilishini tushuntirib, shundan so‘ng hujjatlarni tekshirib, tegishli choralar ko‘rishi mumkin.