Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yurtimizda bugun 68 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 43 yoshda, yoshi kichigi 25 yoshda. Hududlar kesimidagi oladigan bo‘lsak, Buxoro va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan, Ukraina Respublikasidan 2 nafar.

Shuningdek, Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 23 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida ham 23 nafar hamda 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 4 nafar, jami 64 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 11 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi 23 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 4 nafari Toshkent viloyatidan, 3 nafari Farg‘ona viloyatidan, 1 nafari Toshkent shahridan, Namangan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 14 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi 6 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 6 nafari Toshkent viloyatidan, 4 nafari Andijon viloyatidan, 3 nafari Qashqadaryo viloyatidan, Toshkent shahri va Xorazm viloyatidan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Namangan, Sirdaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 12 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 64 yoshda, yoshi kichigi 3 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 15 nafari Toshkent shahridan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridan 3 nafardan, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

3-sonli tug‘ruq majmuasida shifo topgan 4 nafar ayollarimizning yoshi kattasi 38 yoshda, yoshi kichigi 29 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridan 1 nafardan.

Bugun kun davomida mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 68 nafar bemor forig‘ bo‘lib, jami sog‘ayganlar soni 3082 nafarga yetdi.