Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yurtimizda yana uch egizak dunyoga keldi (foto)

Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Qahramon mahallasida yashovchi Zokir Alimov va Zarnigor Pardayevalar oilasida uch egizak dunyoga keldi. Ularga ulug‘ niyatlar bilan Hasan, Husan va Fotima deb ism qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Термизда уч эгизак дунёга келди

Bu xushxabar nafaqat Alimovlar xonadoni, balki Surxondaryo viloyati ahliga o‘zgacha quvonch ulashdi. Chunki vohada bir yo‘la uch egizak tug‘ilishi kamdan-kam uchraydigan holat sanaladi.

Viloyat Perinatal markazidan ma’lum qilishlaricha, chaqaloqlar sog‘lom. Ularning sog‘lig‘ini malakali tibbiyot xodimlari nazorat qilib turibdi.

4.jpg5.jpg6.jpg