Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yurtimizning qudratli qalqoni

Qo‘shrabot tumanidagi Zarkent mahallasida “Mening armiyam – mening faxrim” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimligi, Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism, “Vatanparvar” tashkiloti tuman bo‘limi hamda "Navoiy kon metallurgiya kombinati" davlat korxonasiga qarashli 4-sonli Janubiy kon boshqaruvidagi korxona vakillari va askarlarning oila a’zolari ishtirok etgan tadbirda harbiylar tomonidan qurol-aslaha va jang san’ati ko‘rgazmalari namoyish etildi.