Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Zamonaviy yoshlar chet tilini puxta bilishi lozim

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida ta’lim o‘zbek, rus va alohida kichik guruhlarda ingliz tillarida olib boriladi. Quvonarlisi, bugun zamonaviy yoshlar tilning ahamiyatini juda yaxshi anglaydi. O‘z ona tilini mukammal bilgan odam boshqa tillarni ham puxta o‘zlashtira oladi.

Shuningdek, yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari bundan buyon chet el o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda ishlaydi. Bu borada respublikamizda samarali, puxta rejalar tuzilmoqda. Shuning uchun talabalar rus, ingliz, nemis, fransuz tillarini o‘rganishlari lozim.

Institutning istiqboldagi rejalarida xitoy tili bilan bog‘liq loyihalar ham bor. Xitoy tilida bir yarim milliard odam so‘zlashadigan bo‘lsa, demak yer yuzidagi har to‘rtinchi odam bu tilda gaplashadi. Yoshlarimiz jahon talablari darajasidagi yetuk mutaxassis bo‘lishi uchun xitoy tilini ham o‘rganishlari zarur. Til bilgan yoshlar qancha ko‘paysa, oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarimizga tezroq erishamiz.

Xudaynazar YuNUSOV,

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori, biologiya fanlari doktori, professor.