Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

@zarafshonbot’ga murojaat: Mutasaddilarga muammoni eslatgan, ko‘rsatgan yo‘lovchi tanbeh eshitishi kerakmi?

@zarafshonbot manziliga ikkinchi bor murojaat qilishga majbur bo‘lyapman. Ilk marta, 19 avgust kuni Zarnews.uz telegram kanalida “Karantinda Loyishga qatnovchi taksilar 5 mingdan 20 mingga ko‘tarildi, hamon taksi narxlari tushmayapti” mazmunida murojaatim e’lon qilindi.

Ammo bugungacha yo‘l kira borasida hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Yo‘l narxlarini sun’iy ravishda oshirayotgan kirakashlarga ham hech kim chora ko‘rmadi.

Bugun viloyat transport boshqarmasidan inspektor R.Tojiyev keldi va men bilan shu masalada gaplashdi. Avtobus va “Gazel”larga ruxsat berilmasa, yo‘l narxi o‘zgarmasligini “tushuntirdi”. Biroq suhbat oxirida dalolatnoma rasmiylashtirish, go‘yoki murojaatni o‘rgangan kishi sifatida men bilan rasmga tushish harakatida bo‘ldi. Tabiiyki, men bu ko‘zbo‘yamachilikni rad etdim.

Bundan inspektorning jahli chiqdi va menga qo‘pol munosabatda bo‘ldi.

Xalq muammosi yuzasidan murojaat qilganlarga kurakda turmas gaplar aytilaversa, joylardagi kamchiliklar qachon barham topadi?

Svetlana UMIROVA.