Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

@zarafshonbot‘ga murojaat: Farzandlarimiz onlayn darslardan bebahra qoladimi?

Televideniyeda onlayn darslar boshlanganining bugun ikkinchi kunini o‘tkazyapmiz.

Farzandlarimiz televideniye orqali namoyish etilayotgan teledarslarni kuzatib boryapti. Ammo mahallamizda internet yo‘qligi bois, o‘g‘il-qizlarimizning teledarslarda berilgan topshiriqlarni maktabidagi fan o‘qituvchilariga yetkazishga qiynalyapti. Farzandlarimizning teledarslarni tinglayotgani, mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgani, uyga vazifalarni bajargani to‘g‘risidagi axborotlarni o‘qituvchisiga yetkazib bo‘lmayapti.

O‘tgan o‘quv yilining oxirgi davrlarini ham internetsiz o‘tkazdik. Hududimizdagi internet aloqasini yaxshilab berish talabi bilan viloyat hokimi, Prezident qabulxonasiga bir-necha bor murojaat qildik. Murojaatimizga “O‘ztelekom” kompaniyasidan 2021 yil 2-choragida aloqa tizimini yaxshilab berish va’da qilingan javob xatini oldik.

Ungacha joriy o‘quv yili ham yakunlanadi. Bolalarimiz onlayn – masofaviy ta’limdan bebahra qoladimi?

Samarqand tumani Ravonak mahallasining Osiyo ko‘chasida yashovchi fuqarolar.