Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 16 noyabr, №144) sonida o‘qing

Saylovda deputatlikka nomzodga kimlar ishonchli vakil bo‘ladi? Ularning xarajatlari qoplanadimi? Ishonchli vakil kim tomonidan tanlanadi? Uning huquqi nimalardan iborat, faoliyati-chi?

***

 “Guliston” jurnali. Uning tarixi, bugungi kundagi faoliyatidan, yo‘nalishlari-yu tahririyatdagi ijodiy muhitdan xabardormisiz? Jurnalning oxirgi sonlarida bosilgan qaysi maqolani o‘qidingiz? Samarqand davlat universitetida “Guliston” jurnali ijodiy jamoasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda shu kabi savollarga javob izlandi.

***

Har yili ahvol shu: kuz-qish mavsumida tabiiy gaz tanqis bo‘lgan hududlarda yashovchi aholi uy-joylarni isitish maqsadida yonilg‘i izlab ovora bo‘ladi. Topganida ham yo cho‘ntagi ko‘tarmaydi yoki tashib kelish uchun transport topolmaydi. Xo‘sh, bu yil Payariq tumanida bu muammo qanday hal etilyapti? Afsuski, tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilgan-u yakuniga yetmagan. Mutasaddi idoralar rahbarlari chala qolgan ishlarni uddalashga vaqt va hafsala topisharmikan?