Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 17 mart №35) sonida o‘qing

Shu yil 15 mart kuni tongda 1 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar tarqalgani bois 16 martdan boshlab yurtimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar va oliy o‘quv yurtlari koronavirus infeksiyasiga qarshi profilaktika maqsadlarida karantinga yopildi. Xo‘sh, viloyatimizda bu vaziyat bilan bog‘liq choralar nechog‘li kuchaytirildi? Jamoat transporti, bozorlar, aholi gavjum hududlarda tegishli tartibda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilyaptimi? Karantin davrida oziq-ovqat va birlamchi iste’mol mahsulotlari narxlari ko‘tarilib ketmaydimi? Bu holat nechog‘li nazoratga olingan? Dori vositalari va shaxsiy gigiyena vositalari (maska) narxini oshirmaslik yuzasidan qanday ishlar olib borilyapti?

***

Bundan avvalroq ishlovchi fuqarolarga pensiya va nafaqalar to‘lovlari uchun talabnomalarni korxonalar tomonidan elektron shaklda taqdim etish imkoniyati yaratilgan, ularning pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga kelishi bilan bog‘liq ovoragarchiliklar hamda vaqt va qog‘oz sarfi bartaraf etilgan edi. Ammo ish joyidan pensiya to‘lovini amalga oshirish uchun pensiya miqdori haqidagi to‘lov topshiriqnomasi (F-25), shuningdek pensionerlarning ishga qabul qilinganligi  va ishdan bo‘shaganligi haqidagi ma’lumotlarni qog‘oz shaklida yuritish tizimi saqlanib qolayotgan edi. Mazkur jarayon ham endi avtomatlashtirildi. Xo‘sh, bu tizim qanday ishlaydi? Endi pensionerlar bu borada qanday yengilliklarga erishadi?

***

Qo‘shrabot tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida yashovchi odamlar o‘zlarini tashvishlantirayotgan yo‘l va tibbiy punktni ta’mirlash masalasi bo‘yicha ko‘p yildan buyon turli idoralarga murojaat qilib kelyapti. Biroq javob xatlarida amaliy ishdan darak yo‘q, mas’ullar murojaatchilarni ovutish bilan shug‘ullanyapti, xolos. Aksincha yo‘l va tibbiy punktni ta’mirlash kelgusi yil dasturiga kiritilishdan nariga o‘tmayapti. Nega?