Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 22 aprel, №46) sonida o‘qing

Qariyb qirq kundan buyon karantin sharoitida yashayapmiz. Sodda qilib aytsak, koronavirus pandemiyasi tufayli e’lon qilingan chilla ham yakuniga yetmoqda. Aholi salomatligini muhofaza qilish hisobga olingan holda karantin tadbirlari 10 mayga qadar uzaytirildi. To‘g‘ri, ko‘p soha va tarmoqlar karantin sharoitida ishlashga moslashdi. Ammo ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq shunday tarmoqlar borki, ular ishini masofadan turib yoki onlayn bajarish imkonsiz. Yana bir tomoni, ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz davom etishi kerak. Biror bir mexanizm, uskuna ma’lum muddat ishlamay tursa, uni yana ishga solib, sifatli mahsulot tayyorlash uchun vaqt kerak. Bu ishlab chiqarish zanjiriga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xo‘sh, bu masala qanday hal etiladi?

***

Pandemiya sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda aholining tomorqadan samarali foydalanib, ro‘zg‘ori uchun kerakli barcha oziq-ovqat mahsulotlarni yetishtirishi muhim ahamiyatga ega. Elimizning to‘qchiligi, bozorlarimiz obodligi, daromadimiz mo‘mayligi tomorqadan qanday foydalanishimizga bog‘liq. Bu borada Past Darg‘om tumanidagi Istiqbol mahallasi aholisining har bir qarich yerdan unumli foydalanyapti. Buning siri nimada? Payariq tumanida 3500 ga yaqin kambag‘al oila bor ekan. Ularni kambag‘allikdan chiqarish, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun tuman hokimligi, jamoatchilik tomonidan zarur choralar ko‘rilyapti. Ammo ular oyoq ostidagi imkoniyat – tomorqalaridan qanday foydalanyapti? Tumanning Sho‘rtepa mahallasida foydalanilmay turgan, lalmi yerdan 350 gektar maydon 500 nafardan ortiq oilaga imtiyozli kredit asosida ajratilgani sababi nimada?

***

“Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, kam ta’minlangan oilaga tasarruf etish huquqisiz, bepul uylar berildi. Tasodifan mana shunday ikkita oila bilan tanishdim. Birinchi oilada er-xotin, uch bolasi bilan yashaydi. Erning muntazam ichib, xotinini kaltaklashidan ayol oylab shifoxonada yotgan, bolalar Mehribonlik uyiga topshirilgan vaqtlar ham bo‘lgan. Ikkinchi oilada er-xotin ikki qizi bilan istiqomat qiladi. Qizlarning biri yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan. Bunga ham erning muntazam ichib kelib, homilador xotinini do‘pposlashi sabab bo‘lgan. Aslida yuqoridagi oilalar o‘z-o‘zidan kambag‘al bo‘lib qolmagan. Oilaning suyanchig‘i mas’uliyatini his qilmaydi. Men ham uy-joy qilay, bolalarimni boqib, o‘qitay, demaydi. Buning ustiga kunora bo‘ladigan janjallar tufayli ro‘zg‘orda baraka yo‘q. Yolg‘iz ayollarning ko‘pchiligi hatto davlatdan yordam so‘rashdan uyaladi. Ammo nega ayrim erkaklar bundan or qilmay qo‘ydi?