Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 23 yanvar, №9) sonida o‘qing

«Senator so‘roviga bepisandlik – bu xalqqa bo‘lgan bepisandlik, deb baholanishi kerak». «Joylarda deputatlar korpusi qanchalik kuchli bo‘lsa, mahalliy Kengashlar va albatta Senat ham shunchalik kuchli bo‘ladi», «Amaliy natijadorlik va xalq manfaatlarini ro‘yobga chiqarish har bir hukumat a’zosi faoliyatini baholashning asosiy mezoni bo‘lishi shart».
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqlarida shu kabi fikrlarni ilgari surdi.
***
24 yanvar kuni davlatimiz rahbarining parlamentga murojaat qilishi kutilmoqda. Bu tarixiy voqelik ilk marta qachon bo‘lib o‘tganini bilasizmi? Prezidentimiz birinchi Murojaatnomasida yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor, el-yurtga sadoqatli kadrlarga keng yo‘l ochish bo‘yicha samarali tizim ishlab chiqish haqida gapirgandi. Tizim bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilyapti. Ammo hamon tashabbuskor kadrlar yetishmayapti (yo‘q emas). Qaysiki, muammolarni dadil ko‘tarib chiqadigan, ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar aytadigan...
***
Insonning eng yaqin do‘sti kitob. Yosh avlodning dunyoqarashi, bilimi kengayishida kitobning o‘rni katta. Beminnat do‘st sanalgan kitob insonga ma’naviy quvvat, ruhiy tetiklik ulashadi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusda ham kitobxonlikni rivojlantirishga alohida o‘rin berilgan. Xo‘sh, bu borada maktablarda qanday tadbirlar tashkil etilyapti?