Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 28 mart №39) sonida o‘qing

Ayni kunlarda mamlakatimizda karantin e’lon qilingan. Xo‘sh, bu paytda bank tomonidan qarzdor tadbirkorning asosiy hisobraqamiga akseptsiz to‘lov talabnomasi qo‘yiladimi? Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklari bo‘yicha jarima sanksiyalari qay tartibda qo‘llaniladi? Bankomatlardan naqd pul olish cheklanadimi? - Karantin davrida magistratura va bakalavriat yo‘nalishida o‘qiydigan talabalariga stipendiya to‘lanadimi? Bu kabi savollarga mutaxassislar javbi qanday?

***

 “Zarafshon” gazetasining shu yil 13 fevral 19-sonida “Biri bor ekan, biri yo‘q ekan... yoxud Beshkondagi maktab nega 330 o‘rinli bo‘lib qoldi?” sarlavhali, 20 fevral 22-sonida “Prezident qurib bergan poliklinika qachon jihozlanadi?” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. Bu maqolalarda aslida 330 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan maktabda bugungi kunda 719 nafar o‘quvchi tahsil olayotgani, sinfxonalar yetishmasligi natijasida laboratoriya va kutubxonalar ham sinfxonalar uchun foydalanilayotgani, isitish qozonlarining ishlamasligi, shuningdek, tumandagi “Shodlik” qishloq oilaviy poliklinikasida oliy ma’lumotli yosh tibbiyot xodimlari yetishmasligi, isitish tizimidagi muammolar, shuningdek, tibbiy uskunalar bilan ta’minlanmaganligi tanqid qilingan edi. Xo‘sh, Urgut tumani hokimi M.Turdiyev bu muammolar yechimi bo‘yicha qoniqarli javob berdimi?

***

1998 yildan amalga kiritilgan Oila kodeksining ayrim normalari davr talabiga javob bermay qoldi. Xususan, bunga Kodeksning 37-, 48- va 79-moddalarni misol qilib keltirish mumkin. Garchi mazkur kodeksda belgilangan normalarga sudyalar va FHDYo idoralari xodimlari qatiy rioya qilib ish ko‘rgan bo‘lsalar-da, bu qarorlarning oqibati aksariyat hollarda adolatli bo‘lmasdan qolmoqda. Masalan, sudning qarori to‘liq qonunga muvofiq bo‘ladi-yu, lekin javobgar alimentni baribir to‘lamasa, adolatli bo‘ladimi? Javobgar aliment to‘lamaganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilib ketishidan farzandiga nima naf? Kim unga ta’minot beradi? Xo‘sh, nizoni to‘liq hal etilmayotganiga qonunlarimizdagi bo‘shliqlar sababchimi yoki nizodagi taraflarmi? Yoki huquqiy madaniyatni yetishmovchiligimi?