Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ziyovuddin shaharchasida ommaviy hashar o‘tkazilmoqda

Bugun - 8 iyun kuni erta tongdan Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan Paxtachi tumani markazi – Ziyovuddin shaharchasida ko‘lamli obodonlashtirish, tozalash va qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu yerda qayerda, qanday yumushlarni amalga oshirish, eski binolar o‘rnida yangilarini qurish rejalari ishlab chiqilgan. Shaharchadagi qurilish-obodonlashtirish ishlari 8 mahalla hududini qamrab olgan. Mavjud 78 ta ko‘chada ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ko‘chalarni kengaytirish, piyodalar yo‘laklari qurish ishlari jadal sur’atda davom etmoqda.

Izzatulla NORQUVVATOV.