Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Zulfiya”ga nomzod 104 nafar qizning iqtidori sinovdan o‘tkazildi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida viloyat  xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda 104 nafar ishtirokchi 7 yo‘nalishda o‘z iqtidorini namoyish etdi.

- 3 yoshimdan beri sportning gimnastika turi bilan shug‘ullanaman, - deydi SamDU talabasi Shaxzodabonu Gulyamova. - Rossiya, Qozog‘iston, Isroil, AQSh va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan musobaqalarda yuqori natijalarga erishganman. 2018 yilda O‘zbekiston chempioni bo‘ldim va Samarqand davlat universitetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindim. Yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, Samarqand shahrida birinchi xususiy gimnastika maktabini ochmoqchiman.

Eng munosib, deb topilgan iqtidorli qizlar tanlovning viloyat bosqichida qatnashish uchun yo‘llanma oldi.

Munisa ShAMSIYeVA.