Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oxir zamon uchun zaxira: O‘simliklar uchun Nuh kemasi

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari namunasi bankini yaratish g‘oyasi 2000 yillar boshida paydo bo‘lgandi. BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi yetakchi mamlakatlari, har qanday tabiiy o‘zgarishlar, yadroviy oxiri zamon kelganda ham ekish uchun ishonchli zaxira yaratilsa yomon bo‘lmasdi, degan qarorga keldi. Qirg‘indan omon qolgan odamlar shu yo‘l bilan ochlikdan qutqarilishi mumkin.

Urug‘lar saqlanadigan bank-omborxona uchun ham o‘sha joy – Shpitsbergen tanlandi. Sababi – abadiy muzlik va tektonik faollik (zilzila xavfi) o‘ta zaif. Loyiha arxipelagi tegishli bo‘lgan Norvegiya mablag‘i bilan bu ish amalga oshirildi. Ob’yekt portlashga chidamli eshiklar bilan jihozlangan, tog‘ bag‘rida qazilgan tunnellardan iborat. Chuqurligi 120 metr, dengiz sathidan balandligi 130 metr. Bu yerosti bankida qishloq xo‘jaligi ekinlarining 4,5 million navi saqlanishi mumkin. Hozirda jihozlangan uchta zaldan bittasida 980 mini nav-urug‘i saqlanmoqda.

Urug‘ muhrlangan konvertlarda plastik paketga joylanib, temir javonlardagi konteynerlarda saqlanmoqda. Harorat -18 gradus, namlik va kislorod bu urug‘ning unuvchanligini bir me’yorda saqlaydi.

Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.

(Davomi bor).