Telefoni yo‘q uylar

Agar adashmasam, keyingi 10-15 yil ichida ahvol shu: yangi uylarga ko‘chib kirganlar teleantenna va telefon simlarini tomdan, derazadan o‘tkazib olishadi. Eng yomoni, chiroyli bo‘yalgan devorlarni yana bo‘yashga to‘g‘ri keladi. Mutaxassislarning              aytishicha, qurilish jarayonida kabel tushirilsa yoki unga joy qoldirilsa, har bir xonadon uchun aynan shu ishga xarajat teng yarmiga tejalar ekan.

Binobarin, optik tola o‘tkazilishi telefon simi va teleantennalardan voz kechish imkonini beradi. Aniqrog‘i, tomga son-sanoqsiz tarelkalar qo‘yishga hojat qolmaydi.
Davlatimiz rahbarining mamlakatda internet tarmog‘ini rivojlantirish haqidagi ko‘rsatmasidan so‘ng ushbu masalaga jiddiy yondashmoq lozim.
Faqat bu ishni kim qiladi: loyihachimi, aloqachimi, bu yog‘ini endi ularning o‘zlari kelishib olishsin.