Zamonaviy loyihalar o‘rganildi
Uchrashuvda mehmonlar "Calatrava Grace Corporation" kompaniyasi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay hamda Qozog‘istonning Ostona shahrida qurilishi mo‘ljallangan 5 ta ijtimoiy va jamoat binolari hamda magistral avtomobil yo‘llarining arxitekturaviy loyiha yechimlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
– Ob’yektlarning hajmiy ko‘lami, masshtabi o‘ta yuqori darajadagi texnologiyalar, kasbiy mahorat bilan loyihalashtirilganligi va qurilish san’ati, qurilish konstruksiyalari, materiallari bizda katta taassurot qoldirdi, – deydi SamDAQI professori A.O‘rolov. – Bugungi keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarimizda dunyo tajribasini qo‘llash yanada ko‘proq imkoniyatlar eshigini ochadi.
Taqdimot institut professor-o‘qituvchilari, talabalarida katta qiziqish uyg‘otdi va o‘zaro hamkorlik borasida fikr almashildi.