Abituriyentlar uchun qulaylik: endi OTMlarda ro‘yxatdan o‘tganlar sonini onlayn ko‘rish imkoniyati yaratildi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan OTMlarda ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar sonini onlayn ko‘rish imkoniyati yaratildi. Buning uchun abituriyentlar qabul.dtm.uz manzili orqali kuzatishlari mumkin.
O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan qabul.dtm.uz manzilida abituriyentlardan tushgan arizalar sonini yo‘nalishlar hamda tillar kesimida onlayn ko‘rish imkonini beruvchi sayt ishga tushirildi.
Bunda abituriyent OTMda yo‘nalishni tanlaganidan keyin quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin:
- Qabul rejasi;
- Birinchi yo‘nalish sifatida tanlaganlar soni;
- Ikkinchi yo‘nalish sifatida tanlaganlar soni;
- Uchinchi yo‘nalish sifatida tanlaganlar soni;
- Birinchi sifatida tanlaganlar bo‘yicha tanlov ko‘rsatkichi.