Avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejining yosh kitobxoni Go‘zal Bobojonova

Paxtachi avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejida "Yosh kitobxon" tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Tanlovning mutloq g‘olibi Go‘zal Bobojonova 300 ming so‘m, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Marjona Xoliyorova 200 ming so‘m, 3-o‘rin egasi Mahliyo Rahmatullayeva esa 100 ming so‘m pul mukofoti hamda kitoblar bilan taqdirlandi.

Tanlovga Abdukarimbobo jome’ masjidi imom xatibi  Z.Ochilov hamda ota-onalar ishtirok etishdi. Tanlov bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Tanlov o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.