“Eng obod maktab” tanlovining respublika bosqichida Samarqand shahridagi 62-maktab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
Toshkent shahrida 2019 yil uchun umumta’lim maktablari o‘rtasida e’lon qilingan “Obod maktab” ekologik oyligi doirasida “Eng obod maktab” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

Oylik doirasida umumta’lim maktablari o‘rtasida “Eng obod maktab” tanlovi o‘tkazilib, unda 200 dan ortiq ta’lim muassasalari ishtirok etdi. Tanlov jarayonida xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining reja asosida tashkil etilganligi, hududning sinflarga taqsimlanganligi, ularning tartib bilan belgilanganligi (tablichkalar), mevali, manzarali daraxt va gul ko‘chatlarining mahalliy iqlim sharoitlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda rejali ekilganligi, har bir ekilgan daraxtga mas’ullar biriktirilganligi hamda ularning parvarish qilinishi, daraxtlarga shakl berilganligi, oqlanganligi, istiqbolli tadbirkorlik maqsadini ko‘zlab gulzor yoki bog‘lar tashkil etilishi kabi ijodkorligiga e’tibor qaratildi.

Tanlovda faol qatnashgan Samarqand shahridagi 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ham birinchi o‘ringa munosib topilib, Xalq ta’limi vazirligining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Dilorom Abdurahmonova,
viloyat xalq ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi.