Hokimlik Jurnalistlar uyushmasiga 100 million so‘m ajratdi

Prezidentimizning 2022 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yil 1 iyulda Samarqand viloyat hokimining qarori qabul qilingandi.
Unda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi faoliyatini samarali tashkil qilish, uning moddiy-texnik ba’zasini mustahkamlash uchun mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbaalari hisobidan subsidiya mablag‘i ajaratish belgilangandi. Chora-tadbirlar o‘z vaqtida bajarilib, uyushma viloyat bo‘limiga 100 million so‘mlik orgtexnika vositalari hamda idora ashyolari olib berildi.

Endilikda uyushma viloyat bo‘limining zamonaviy kompyuter jamlanmasi, rangli printeri, fotoapparati mavjud. Yangi uskunalarda ishlash ham yangicha bo‘ladi. Zero, munosib mehnat sharoiti yaratilgan joyda ish unumi oshadi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi bu xayrli ishga javoban viloyat ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlagan holda faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi
Samarqand viloyat bo‘limi.