Kim Chen In yana g‘alaba qozondi

Kim Chen In Koreya mehnat partiyasining bosh kotibi lavozimiga qayta saylandi. Bu haqda tantanavor tarzda STAK xabar berdi.

Avvalroq Reuters to‘qqizinchi qurultoyda hukmron partiyaning besh ming nafar a’zosi ishtirok etganini yozgan edi. Mazkur tadbir har besh yilda bir marta o‘tkaziladi.

Partiyadagi oliy lavozim nomi bir necha bor o‘zgarganiga qaramay, Kim Chen In davlatni 2011 yildan beri boshqarib kelmoqda. U bu lavozimda otasi — Kim Chen Ir o‘rnini egallagan. Kim Chen Ir esa 1994 yildan 17 yil davomida mamlakatni amalda boshqargan va hukumatni o‘z otasi — Kim Ir Sen vafotidan so‘ng meros qilib olgan edi.

KXDR yetakchisining qizi — Kim Chju E mamlakat rahbari lavozimi uchun eng ehtimoliy voris sifatida ko‘rilmoqda. 12 fevral kuni Reuters Janubiy koreyalik razvedka ma’lumotlariga tayanib, Kim Chen In o‘z qizining pozitsiyasini ehtimoliy voris sifatida mustahkamlashga intilayotgani, jumladan, uni siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb qilayotganini xabar qildi. Yaponiyalik ekspertlar bahosiga ko‘ra, Kim Chen Inning qizi Shimoliy Koreya rasmiy OAVida 600 martaga yaqin chiqish bo‘lgan.