Olis maktablarga yangi asarlar kirib bormoqda

Yurtboshimiz har bir rahbar o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar  sovg‘a qilish orqali yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni rivojlantirish bilan birga farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi to‘g‘risidagi ezgu tashabbusni ilgari surgan edi.

Samarqand viloyatida ham barcha rahbarlar ushbu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlab o‘zlarini shu darajaga yetishida katta hissa qo‘shgan maktablariga kitoblar sovg‘a qilishmoqda.

Viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ahmedov Nurobod tumanidagi Anjirli qishlog‘ida joylashgan 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 100 dona kitoblarni tuhfa qildi.

 - Albatta, Muhtaram Prezidentimizning ushbu ezgu tashabbusi o‘quvchilarimizning kitobga oshno bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi, - deydi maktab direktori Qahramon Suyarov. - Bizning maktabimiz kabi uzoq hududlarda joylashgan maktablarga eng yangi jahon va o‘zbek adabiyotining durdona asarlari kirib bormoqda. Shu bilan birgalikda o‘quvchilar aynan shu maktabda o‘qib bugungi kunda yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan hamqishloqlari bilan suhbatlashishga, yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda. Bu suhbatlar o‘quvchilarimizning ham yanada ko‘proq o‘qib izlanishlariga, hamqishloqlaridek yurt ravnaqiga hissa qo‘shadigan yetuk kadr bo‘lishlariga undashi shubhasiz.