Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun

Urgut tumanidagi “Chor chinor” bolalar oromgohida shu shior ostida barcha tuman va shaharlardagi “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlarining XVIII an’anaviy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda yoshlarga soha mutaxassislari tomonidan ularni liderlikka tayyorlash, sardorning vazifalari, tengdosh tengdoshga tamoyili asosida faoliyat olib borish kabi qator masalalar bo‘yicha tushuncha berildi.

Anjuman qatnashchilari ishtirokida ikki kunlik tadbirda viktorina o‘yinlar va sport musobaqalari tashkil qilinib, konsert dasturlari namoyish etildi.

Shahnoza Xoliqova.