Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tadbirkorlar Prezident bilan uchrashdi - nima o‘zgardi?

Davlat rahbari tomonidan joriy yilning 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda bir qator muhim tashabbuslar, topshiriqlar va takliflar bildirilgan.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqovning Zarnews.uz’ga ma’lum qilishicha ular quyidagilardan iborat:

- joriy yil 1 sentyabrga qadar tadbirkorlar bilan barcha hisob-kitoblar yakuniga yetkazilishi, bir so‘m ham qarzdorlik qolmasligi shart (moliyalashtirish va moliya-kredit masalalari);

- soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirish;

- yer ajratish masalasi;

- biznes uchun zarur bo‘lgan infratuzilma bilan ta’minlash;

- eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, kichik biznesni eksport faoliyatiga keng jalb etish;

- mahsulotlarimiz raqobatbardosh bo‘lishi, yangi bozorga chiqish, umuman, hududlararo savdo kooperatsiya aloqalarini bog‘lashda transport-logistika masalalari;

- tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvlarni qisqartirish, sohadagi tartib-tamoyillarni soddalashtirish, xususiy mulk daxlsizligi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot bilan tanishish uchun saytimizni kuzatib boring!