Abituriyentlar uchun test sinovlari boshlandi

Bugun respublikamizning barcha hududlarida 2026–2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi. Xususan, Samarqand viloyatida 71 ming 848 nafar abituriyent imtihon topshiradi.
 
Test sinovlari har kuni ikki smenada:

1-smena — soat 8:00 dan 11:00 ga qadar;

2-smena — soat 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

1-smenada soat 7:30 ga qadar;

2-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi.

Test sinovlari jarayonlari to‘liq videokuzatuv ostida va onlayn translyasiya qilish orqali o‘tkaziladi. Onlayn translyasiya test2026.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz: Samarqandda test sinovalari quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:

1-2-binolarga kirish: https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q
3-5-binolarga kirish: khttps://yandex.uz/maps/-/CHghFJ-j
6-binoga kirish: https://yandex.uz/maps/-/CHgLuYiA