Aliment to‘lashdan bosh tortgan otaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining sud qaroriga asosan qarzdor K.S. tomonidan undiruvchi D.B.ning foydasiga bir nafar farzandining voyaga yetguniga qadar moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment pulini to‘lab borishi belgilangan.

Biroq, qarzdor K.S. aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi sababli, Kattaqo‘rg‘on tuman ma’muriy sudining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 474-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Fuqaro K.S. ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan qasddan muttasil bo‘yin tovlab kelgan.

Oqibatda, uning qarzdorligi bugungi kunga kelib 11 mln. so‘mdan oshib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan fuqaro K.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Majburiy ijro byurosi

Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi.