Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida viloyatimizdan 7 nafar o‘quvchi faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi
Har yili maktab o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi Asosiy fan olimpiadasida viloyatimiz o‘quvchilari qanday natija ko‘rsatdi?
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichda quyidagi o‘quvchilar faxrli o‘rinlarni egalladi:
- Past Darg‘om tumanidagi 31-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Shohjahon Sa’dullayev “Davlat va huquq asoslari” fanidan 1-o‘rinni;
- Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi O‘g‘iloy Eshmurodova o‘zbek tili (Davlat tili) fanidan 1-o‘rinni;
- Samarqand shahridagi 51-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Kim Isak rus tili va adabiyoti fanidan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Samarqand shahridagi 59-sonli maxsus maktab-internatda “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand shahridagi 59-sonli “Nurli maskan” maktab-internati o‘quvchilaridan Karashma Abduhalimova matematika fanidan birinchi o‘rinni, Asilbek Ne’matov tarix fanidan ikkinchi o‘rinni, Og‘abek Butunboyev tarix fanidan, Oydin Jo‘raboyeva ona tili va adabiyot fanidan uchinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz: 2025 yilgi Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida viloyatimizdan 4 nafar o‘quvchi g‘olib bo‘lgandi.