Besh kunlik o‘quv jarayoni bolaning darsdan tashqari foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishini ta’minlaydi

Maktabimizda tahsil olayotgan 1 ming 568 o‘quvchining 265 nafarini 1-sinf o‘quvchilari tashkil etadi. Ular haftasiga besh kun darsda ishtirok etishmoqda.
Bu oilalarda, maktablarda, muassasalarda bolalarning xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda sayohatlar, qiziqarli o‘yinlar, turli fan to‘garaklari, sport seksiyalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishini, farzandlarimizning bu tadbirlarda faol ishtirokini ta’minlaydi.

Shuningdek, bolalarimiz, xususan, boshlang‘ich sinflarda ta’lim olayotgan farzandlarimiz 6 kunlik uzluksiz o‘qish sababli ularning oilaviy muhitdan uzoqlashish holatlari ko‘zga tashlana boshlagan, ota-ona bilan bola o‘rtasida mehr-oqibat tushunchalarini mustahkamlash endilikda zaruratga aylangan edi. Shuning uchun 5 kunlik ta’lim ota-onalarning oilaviy dam olishlariga imkoniyat yaratadi, ular o‘rtasida oilaviy rishtalarni mustahkamlaydi, bolalarda oilaviy an’analarga ehtirom tuyg‘ularini shakllantiradi.

Shoira MAHMUDOVA,
Payariq tumanidagi 79-umumta’lim maktabi direktori o‘rinbosari.