Bir haftada 7063 ta qoidabuzarlik

Jumladan, 1322 holatda belgilangan tezlikni oshirish, 204 nafar haydovchining spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda transport vositasini boshqarishi, 20 holatda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining talablariga bo‘ysunmaslik va piyodalar tomonidan 219 ta qoidabuzarlik qayd etildi. 
R.ABBOSOV,
viloyat IIB YHXB katta inspektori. 
* * *

6 yanvar kuni Samarqand shahar 3-son IIBga Samarqand shahar Ali Qushchi ko‘chasida yashovchi fuqaro "Neksiya" rusumli avtomobilining old oynasi noma’lum shaxs tomonidan sindirilgani haqida ariza bilan murojaat qildi. 
Ushbu huquqbuzarlikni Payariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O.I. mast holatda sodir etganligi ma’lum bo‘ldi.
* * *
8 yanvar kuni Samarqand shahar Xujum 3-berk ko‘chasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida 58 yoshli xonadon sohibi kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

viloyat IIB matbuot xizmati.