Bulung‘ur tumanida ijodkorlar va san’atkorlar ishtirokida “Adabiyot va san’at bayrami” bo‘lib o‘tdi
Bulung‘ur tumanidagi 9-sonli musiqa maktabida ijodkorlar va san’atkorlar ishtirokida “Adabiyot va san’at bayrami” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi, shoira Z.Eshonqulova, uyushma a’zosi, shoir Farmon Toshev, ijodkorlar E’tibor Maxmudova, Parviza Rustamovalar ishtirok etdi. Ular yurtboshimizning beshta tashabbusi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, kitobxonlik madaniyati, ma’naviyat va ma’rifatning inson tafakkuriga ta’siri to‘g‘risida to‘xtalib, she’rlaridan namunalar o‘qishdi. Mushoira davomida ustozlar tomonidan savol-javob va suhbatlar o‘tkazildi. Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha savollarga javob bergan maktab o‘quvchilariga shoirlar tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.

Maktab qoshidagi "Navnihol"ansambli va tumandagi "Chavqi" folklor ansambli ham o‘zlarining qo‘shiq va raqslari bilan davraga fayz kiritdi. Qo‘shaloq bayram shukuhi ko‘ngillarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.