Harakatlar sinovdan o‘tkazildi

O‘quv mashqining birinchi bosqichida Samarqand shahar hokimligida tashkil etilgan Yangi yil bayrami bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganib chiqildi. Navbatchilarning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari tekshirilib, ularga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Ikkinchi bosqichda favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) xizmatlariga "Yig‘in" signali berish jarayoni va ularning belgilangan joyga yetib kelishi amaliy harakatlar orqali sinovdan o‘tkazildi.

O‘quv mashqi davomida FVDT xizmatlarining kuch va vositalari holati ham o‘rganildi.

 

G‘olib RAVShANOV,

viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi.