Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlariga nazoratchi etib tayinladi

«Tugmachalar»ni o‘ynab bosmasa bo‘lgani!

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qizi - Kim Chju Eni mamlakatning yadroviy va raketa kuchlari rahbari lavozimiga tayinladi.

Bu haqda qator OAV Janubiy Koreyaning The Chosun Daily nashriga tayanib xabar bermoqda. Nashr esa o‘z navbatida, hukumat manbalari ma’lumotlarini keltirgan.

Mutaxassislar buni hukumatni topshirishga qaratilgan qadam sifatida baholamoqda: qizni bosqichma-bosqich harbiy vertikalga kiritib, uning obrazini mamlakatning yadroviy-raketa salohiyati bilan bog‘lamoqda.

Kim Chju E ko‘pincha harbiy tadbir va sinovlarda otasiga hamroh qilyapti. Bu esa uni vorislikka tayyorlash haqidagi gap-so‘zlarni yanada kuchaytirmoqda.