Konservatoriya talabasi Komiljon Otaniyozovni bilmasa…

Boshlovchi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi oldida to‘rt nafar san’atkorning suratini qo‘yib, oliy dargoh eshigidan chiqayotgan talaba, magistr va o‘qituvchilardan suratda aks etgan atoqli insonlarning kimligini so‘rayapti. Uchinchi, to‘rtinchi kurslarda o‘qiydigan ayrim talabalar, yosh o‘qituvchilar ularni tanib, unvonigacha aytdi, ijro etgan qo‘shiqlaridan xirgoyi qilib berdi. Rayhon Faniyeva, akademik Yunus Rajabiy, O‘zbekiston xalq artistlari Komiljon Otaniyozov, Olmaxon Hayitovani taniydiganlari Xorazm qo‘shiqlarini xirgoyi ham qilishdi.

Taassufki, birinchi va ikkinchi kurslarda o‘qiydiganlarning 90 foizi faqat Rayhonni tanidi (!), 50 foizi esa atoqli san’atkorlarni tanimadi yoki ism-shariflarini bilmadi.
"Shashmaqom" muallifini bilmaslik, Komiljon Otaniyozov yoki Olmaxon Hayitovani tanimaslik konservatoriya talabasi uchun uyat emasmi? U ertaga qanday musiqashunos, ashulachi yoki san’atkor bo‘ladi? 

Shahzoda HABIBOVA,
Samarqand shahar 76-maktab boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisi.