Maktab kutubxonasi yangi kitoblar bilan boyidi

Samarqand viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i  Rashid Rahimov o‘zi o‘qigan Payariq tumanidagi 79-maktabga kitoblar sovg‘a qildi.

Maktab kutubxonasi yangi kitoblar bilan boyidi. O‘qituvchi va o‘quvchilar R.Rahimovning sovg‘asidan mamnun bo‘lishib, minnatdorchilik bildirishdi.