Noreal qarzdorlik aniqlandi
Narpay tumani Xo‘ja Korzon mahalla fuqarolar yig‘ini Rajabali qishlog‘ida yashovchi A.Yuldashev tumangazta’minoti idorasi tomonidan belgilangan 1 466 288 so‘m miqdordagi qarzdorlikdan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga murojaat qildi.
Mazkur murojaat Narpay tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati vakillari tomonidan o‘rganib chiqilganda iste’molchining hisob raqami kodi shu tumanda istiqomat qiluvchi boshqa fuqaroga tegishli hisob raqami bilan almashib qolganligi, A.Yuldashevning tabiiy gazdan qarzdorligi yo‘qligi aniqlandi.
Narpay tuman
iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish jamiyati.