O‘quvchi kichik seyalka yaratdi
– Joriy yilning "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili", deb e’lon qilinishi mazkur qurilmani kashf etishimizga turtki berdi, – deydi kollejning maxsus fan o‘qituvchisi Ortiq O‘runov. – Shogirdimning qo‘l mehnatini yengillashtirish, ish unumdorligini oshirish borasida yangilik yaratish taklifi bilan avval uskunaning loyiha chizmasini tayyorladik. Keyin qurilmani yig‘ma holatga keltirib, amaliyotda sinab ko‘rdik. Natija yomon bo‘lmadi. Bir kunda 35-40 sotix yerga urug‘ qadashga erishdik. Bu esa kuniga 6-7 kishining mehnatini yengillashtirish, degani.
Kollejda yaratilgan kichik seyalkaning qulayliklaridan yana biri shundaki, uning agregatlarini qator oraliqlari bo‘yicha kerakli o‘lchamga moslashtirib o‘zgartirish ham mumkin.
G‘ofur BAXTIYoROV.