Odamlar nima deyapti?
Jumladan, 2018 yil 11 yanvar (4-son)da chop etilgan "Kimyogarlar qo‘rg‘onida nechta bekat bor? Narpay ko‘chasida-chi?" sarlavlahali materialga Facebook tarmog‘ida bildirilgan munosabatlar orasida quyidagi satrlarni o‘qish mumkin:
Shermamat Jamilov: Yaxshi muammoni ko‘taribdi. Men shu Narpay ko‘chasining "Chaynaya" bekati haqida o‘z fikrimni aytmoqchiman. To‘rtta qishloq aholisi kelib, shu yerda avtobus, taksi, mikroavtobuslarga minishadi. Lekin chorrahadan o‘tish amri mahol. Bitta svetofor qo‘yish haqida shikoyat qilinmagan idora qolmadi. Hokimiyat, DAN, "O‘zavtoyo‘l" masalani bir-biriga soladi. Nevaralarimiz maktabga borib kelgunicha ko‘zimiz to‘rt bo‘ladi. Chorrahada tez-tez yo‘l transport hodisasi uchraydi. Kim etibor berar ekan bunga, bilmadik...
2018 yil 13 yanvar (5-son) dagi "Yig‘ilish muhimmi yoki ko‘rik?" maqolasi haqida ham ko‘plab fikrlar bildirilgan.
Jumladan, Facebookda:
Qahramon Murodov: Zo‘r muammoni ko‘tarasizlar-u juda tez unutasizlar. Bir muammoni ko‘targandan keyin oxirigacha olib bormaysizlarmi? Siz Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi 10-son oilaviy poliklinikasini ham bir yoritib bering. Bunaqa "bardak" Samarqand shahrida bo‘lmasa kerak...
Shaxnoza Xalikova: Bu mavzuni davom ettirib, boshqa joylardagi vaziyat haqida ham yozib borsanglar, natijasi bo‘lardi. Skoriy (tez yordam)dagilarga telefon qilsangiz ensasini qotirib gapiradigan ba’zi xodimlar haqida ham aytish kerakmikan?