O‘zbekistonda 1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda 2026 yilning 1 apreldan boshlab quyidagi o‘zgarishlar belgilangan:

1. Davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi besh kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi;

2. Nafaqat YHX hodimlari yozgan jarimaga, balki kamera va radarlarda aniqlangan qoidabuzarlik uchun ham jarima balli hisoblab boriladi; 

3.  Neft mahsulotlari, yoqilg‘i, chipslar, gazlangan ichimliklar va boshqa tovarlarga aksiz solig‘i oshiriladi.

4. Davlat xizmatlari uchun to‘lovlar, elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni kartalar, onlayn yoki terminal orqali amalga oshirish talab qilinadi;

5. Ko‘chmas mulk ob’yektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transport vositalari uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi;

6. Ofitserlarning xizmat muddati uchun ustamalari 2 barobar oshiriladi; 

7.  Respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida chet el fuqarolariga QQSni qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

8. Ipak qurtini parvarishlashda zarur bo‘ladigan asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish uchun kasanachilarga 3 yil muddatga BHMning 50 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;

9.  Xalqaro konferensiya va tadbirlarni tashkil qilib, unga kamida 100 nafar chet ellik turistni jalb qilgan tadbirkorlarga ular tomonidan to‘langan QQSning 50 foizi qaytarib beriladi.