Qo‘mita raisi tadbirkorlarning muammolarini o‘rgandi, taklif va tashabbuslarini tingladi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan viloyatimizdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan an’anaviy 6-ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida o‘tkazilgan tadbirda qo‘mita rahbariyati, viloyat hududiy boshqarmasi mas’ullari, tadbirkorlar, soha ekspertlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
- Biz bu yerda tadbirkorlar duch kelayotgan tizimli va lokal muammolarni yuzma-yuz tinglash, ularni o‘rganish, va yechim topish maqsadida soha sub’yektlari bilan uchrashyapmiz, - deydi qo‘mita raisi Halilullo To‘raxonov. – Bozorlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etishda tadbirkorlarning fikrlari muhim. Ulardan soha rivoji uchun kerakli takliflar olish, Davlat rahbari bilan bo‘ladigan uchrashuvga tashabbuslarni qabul qilishni rejalashtirganmiz.
Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan kommunal soha, chiqindi tashish xizmatlari, soliq sohasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq savollar ko‘proq berildi.
Bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar umumlashtirilib, respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish qaratilgan dasturlar ishlab chiqishda foydalaniladi.