Samarqand 2017 yilda
* 3 sentyabr – Narpay tumanida loyiha qiymati 5,5 million dollar bo‘lgan, soatiga 300 tonna toshni maydalash quvvatiga ega "Muhammad Aziz granit" mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z faoliyatini boshladi.
* 7 sentyabr – viloyat musiqali drama teatri 103-mavsumni mashhur turk yozuvchisi Tunjar Jujan o‘g‘li asari asosida sahnalashtirilgan "Ko‘chki" spektakli bilan boshladi.
* 14-16 sentyabr – Samarqand eshkak eshish kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo ochiq kubogi va parakanoe bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqalari o‘tkazildi.
* 18 sentyabr – atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning Samarqand davlat universitetining bosh binosi peshtoqiga o‘rnatilgan yodgorlik lavhasi ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘ldi.
* 24 sentyabr – Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov Samarqanddagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalar bilan tanishdi.
* 24 sentyabr – Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyun boshchiligidagi Koreya delegatsiyasi Samarqand shahriga keldi.
* 25 sentyabr – Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati raisi Kasim-Jomart Tokayev boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi Samarqand shahrida bo‘ldi.
OKTYaBR
* 8 oktyabr – Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi Samarqand shahridagi avtobus va tramvay bekatlarida yo‘lovchilar uchun "Mobil kutubxona" loyihasini joriy etdi.
* 11 oktyabr – Urgut tumanidagi Satang, Yetti uylik hamda Chumchuqli mahallasining yangi binolari foydalanishga topshirildi.
* 17 oktyabr – Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Samarqandda bo‘ldi.
* 18 oktyabr – Samarqand shahri kuni keng nishonlandi.
* 20 oktyabr – Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Allohshukur Poshshozoda boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga keldi.
* 23 oktyabr – Samarqand shahrida 6-harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
* 31 oktyabr – Samarqand shahar ko‘chalarida "6 Ye-Kimyogarlar qo‘rg‘oni – Universitet xiyoboni" yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy LE-60 markali ISUZU avtobuslari aholiga xizmat ko‘rsata boshladi.
NOYaBR
* 1 noyabr – Samarqand shahrida viloyat stol tennisi federatsiyasi tomonidan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab faxriylar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi.
* 4 noyabr – Samarqand shahridagi "Temurbeklar maktabi"ning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
* 8 noyabr – Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri vitse-gubernatorlari O.Markovi hamda A.Mityanina boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
* 9 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha reja va dasturlar bilan tanishish, istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida Samarqandga keldi.
* 18 noyabr – viloyat Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlab shaxmat bo‘yicha "Zarafshon" va "Samarkandskiy vestnik" gazetalari sovrini uchun musobaqa o‘tkazildi.
* 23 noyabr – "Samarkandskiy vestnik" gazetasi ilk soni chiqqanligining 100 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.
* 24 noyabr – Samarqand avtomobil zavodida o‘ttiz minginchi avtomobil – SAZ NS 45 markali avtobus ishlab chiqarildi.
* 24 noyabr-24 dekabr – barcha tuman va shaharlarda "Nuroniylar maskani" foydalanishga topshirildi.
DEKABR
* 1-2 dekabr – viloyatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan "Yoshlar poyezdi" targ‘ibot aksiyasi tadbirlari o‘tkazildi.
* 4 dekabr – viloyat hokimligida "O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil" esdalik nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
* 11 dekabr – Samarqand shahrida bunyod etilgan 405 xonadonga mo‘ljallangan to‘qqizta arzon va sifatli ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi.
* 18 dekabr – Samarqand shahridagi mavjud 207 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Xavfsiz hudud posbonlari" jamoatchilik tuzilmasi tashkil etildi.
* 20 dekabr – Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi raisi D.Jumabekov boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda bo‘ldi.
* 21 dekabr – Xitoy Xalq Respublikasi davlat kengashi a’zosi, mudofaa vaziri Chan Vansyuan boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.