Samarqand davlat chet tillar institutida xorijlik talabalar qancha?

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat olib borish va seminar-treninglar o‘tish uchun har o‘quv yilida 50 nafarga yaqin xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislar taklif qilinadi.
Hozirgi kunda 13 nafar chet ellik professor-o‘qituvchilar (1 nafar AQShlik, 7 nafar xitoy tili, 2 nafar koreys tili, 1 nafar arab tili, 1 nafar indonez tili, 1 nafar italyan tili mutaxassislari) faoliyat ko‘rsatmokda. 8 nafar xorijlik talaba turli yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olmoqda.
Institut bazasida har yili germaniyalik va koreyalik talabalar uchun “O‘zbek tili va madaniyati” o‘quv kurslari tashkil etiladi. Mazkur o‘quv kursiga 2019 yil may oyida AQShning Indiana universitetidan 20 nafar talabani taklif qilish rejalashtirilgan.