Samarqand shahrida “Zakovat” ochiq turnirining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahrida “Zakovat” ochiq turnirining respublika bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tanlovda respublikamizning 34 ta oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari ishtirok etdi. Unda o‘quvchilar mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarning tub mohiyati haqidagi savollarga javob qaytardi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining “Tafakkur” jamoasi barcha ishtirokchilardan ustun kelib, birinchi o‘rinni egalladi. Surxondaryo viloyatining “Surxon tishlari” jamoasi ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Toshkent viloyatining “Bek Atakulov” jamoasi esa keyingi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Jamoliddin Imomnazarov.