Samarqandda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanloviga start berildi

Samarqandda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining birinchi, ya’ni tuman (shahar) bosqichi boshlandi.

Tanlovda ishtirok etayotgan maktab jamoalari xorijiy tillarni o‘qitish sifati, innovatsion usullar va natijalar bo‘yicha o‘zaro bellashmoqda.

Tuman (shahar) bosqichida eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar viloyat bosqichida hudud birinchiligi uchun kurash olib boradi.

Ushbu bosqich g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin — 100 million so‘m
2-o‘rin — 75 million so‘m
3-o‘rin — 50 million so‘m

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.