Sayyora sirtidagi rang-barang bo‘yoqlard aifodalangan joylar

Yerdagi ba’zi bir manzaralar ranglar mutanosibligi haqiqatan ham hayratlanarliJonli rang palitralari odatda pigmentli bakteriyalar, millionlab yillar davomida to‘plangan cho‘kindi qatlamlar yoki boshqa tabiiy ta’sirlar natijasida hosil bo‘ladi.

Misol uchun, har yili iyuldan noyabrgacha Kolumbiyadagi yorqin rangli "Suyuq kamalak" nomi bilan mashhur Kano Kristales daryosini uning suvida “yashaydigan” Makarenia klavigera” (Macarenia clavigera) nomli suv o‘simliklarqizil, sariq, yashil va ko‘k rangga bo‘yab qo‘yadi.

Yetti rangli qumlar - Mavrikiy

Mavrikiyning janubi-g‘arbiy qismidagi qumtepalar qizil, binafsha, qirmizi, ko‘k, yashil, sariq va jigarrang aralash rangli tuproqlari tufayli yetti rangli deb nomlanadi. Qumlar bazaltli vulqon lavalarining asta-sekin gil minerallarga aylanishi natijasida hosil bo‘lgan. Qizig‘i shundaki, agar bir hovuch turli rang-barang qumlar aralashtirilib qo‘yilsa, keyinchalik qum donalar bir-biridan ajralib chiqib, o‘z “qarindoshlari” yoniga qayta joylashib oladi.

Kolorado ko‘rfazi Boliviya

Bu sayoz, qizil sho‘r ko‘l flamingolar uchu nto‘planish joyidir. Bu yerda yashaydigan suvo‘tlarining qizg‘ish pigmenti ko‘l suvini shu rangga bo‘yab qo‘ygan.

Tonggi mashhurlik ko‘li - AQSh

Bu bug‘li suv havzasidagi jonli ranglar haddan tashqari issiq haroratlarda ko‘payadigan pigmentli termofil bakteriyalarning ishi. O‘zgaruvchan to‘q sariq va yashil ranglar haroratning o‘zgarishini aks ettiradi.

Havasu sharsharasi - AQSh

Issiq cho‘l vohasida turgan jonli yashil kanonichidagi ajoyib sharsharalarning to‘q firuza rangli suvi magniy va kalsiy karbonatining yuqori to‘planishi natijasidir.

Danakil chuqurligi - Shimoliy Efiopiya

Dunyodagi eng issiq va eng past joylardan biri bo‘lgan Danakil o‘zining oltingugurtli sariq va yashil tuz konlari bilan mashhur. Tub joyliklar bu joyni Insoniyat beshigi deb atashadi. 1974 yilda bu yerda taxminan 4 million yil oldin yashagan maymunsimon odam - avstralopitek qoldiqlari topilgan.

Tinoyke Dzigoku —Yaponiya

Bejiz bu buloq yapon tilidan la’natlangan hovuz” deb tarjima qilinmaydi. Undagi suv harorati Syelsiy bo‘yicha 77,8 daraja issiq va bir vaqtlar bu yerda odamlar qiynoqqa solingan. O‘zining dahshatli tarixiga qaramay, qizil buloq rangining qon bilan deyarli aloqasi yo‘q. Bularning barchasi temir oksidining yuqori jipslashuvi bilan bog‘liq.

Katta prizmasimon buloq — AQSh

Amerika Qo‘shma Shtatlardagi eng katta ulkan issiq buloq dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Ammoodamlarni uning o‘lchami emas, balki uning yorqin rangi qiziqtiradi. Buloqda minerallarga boy muhitda ko‘payadigan ko‘plab pigmentli bakteriyalar yashaydi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.