«Seni sevganlarga qilaman ta’zim»
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabida muhabbat kuychisi O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlagan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
«Seni sevganlarga qilaman ta’zim» deb nomlangan badiiy kechada shoir Nafas Do‘san, A.Boboyorova kabi Kattaqo‘rg‘on adabiy muhiti vakillari, faxriy o‘qituvchilar, o‘quvchilarning ota-onalari, mahalla faollari ishtirok etishdi. Tadbirda o‘quvchilar xalqimiz sevgan shoirning she’rlaridan parchalar o‘qib, ular asosida kuylanib elimizning boy merosiga aylangan qo‘shiqlarni ijro etishdi.
Tadbirda qatnashgan ijodkorlar o‘quvchilarga o‘z ijod namunalardan o‘qib berishdi.
Sunnatillo JO‘RAYEV,
55-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi.