Soliqchilar korxonalarga nega bormoqda?
Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasining tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sho‘’basi tomonidan joriy yilda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardan 3859 tasining faoliyati o‘rganildi. O‘rganish mobaynida korxonalardan 290 tasiga dastlabki buxgalteriya hisobini yuritish, 868 tasiga soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berish, 193 tasiga soliq rejimini tanlash bo‘yicha ko‘maklashildi. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardan 283 tasiga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, 214 tasiga shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma berish, 89 tasiga qo‘shilgan qiymat solig‘idan va 93 tasiga boshqa soliq turlaridan ortiqcha to‘lov summasini qaytarish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Tuman soliq idorasi xodimlari tumandagi “ELITE-ELEKTRO-GROUP”, “DIAMOND STEEL PRODUCTION” va “URGUT MIKRO METAL” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi, tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarish va yangiliklar xususida tushunchalar berdi.
Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi.