Startaplar innovatsion jamiyatimiz kelajagidir
Bugungi kunda yurtimizda startap-ekotizmini tashkil etish va rivojlantirish iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 11 fevraldagi “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham aynan mana shu tashabbuslarning davomidir. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi viloyat hududiy filiali tomonidan joylarda ushbu qarorning mazmun- mohiyati, startap g‘oya yaratish ostonasida turgan innovatsion iqtidorga ega yoshlarimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochishga dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Paxtachi tumanidagi oliy va o‘rta ta’lim muassasalari innovatsion yangi g‘oyaga ega bo‘lgan bir guruh yoshlar uchun tashkil qilingan seminar-treningda ham yoshlarimizga Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Samarqand viloyati hududiy filiali bosh mutaxassislari tomonidan startap g‘oyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda masshtablashtirishni o‘z ichiga qamrab oluvchi to‘rt bosqichli startap ekotizim joriy etilishi haqida batafsil tushuncha berildi.
Tadbirda bo‘lajak startapchilar o‘z innovatsion startap g‘oyasini ishga tushirish uchun davlat tashkilotlari tomonidan qanday imkoniyat va imtiyozlarga ekanligi bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.
G.Rustamova,
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Samarqand viloyati hududiy filiali bosh mutaxassisi.