Toping-chi, bu qaysi FHDYo bo‘limi?
– Kechirasiz, opa, kelin-kuyov bo‘limida kim ishlaydi?
– Xonasida yo‘qmi?
– Eshik qulflangan ekan.
– Taqillatib ko‘ring-chi.
– Hech kim yo‘q.
– Ichkaridan qulflab qo‘yadi. Nafisa opa deb chaqirsangiz chiqadi.
***
Soat 09:03 da:
– Mudira qachon keladi?
– Kutib tursangiz, 15-20 daqiqada keladi.
Soat 10:07 da:
– Ishdan bir soatga javob olib kelganman, opa. Mudira bilan gaplashib ko‘ring-chi, qachon kelishini aniq bilaylik.
– Hozirgina gaplashdim, yo‘lda ekan, kelib qoladi.
Soat 11:25 da:
– Kelyapti deganingizga ikki soatdan oshdi. O‘ttizdan ortiq odam shuncha paytdan buyon kutib turgan bo‘lsa, keladimi o‘zi?
– Kutib turing, yana gaplashib ko‘ray-chi.
– ...
Soat 12:10 da:
– Kechirasizlar, kechirasizlar, yig‘ilishda edim, shunga biroz kech qoldim-da.