Vatanni shunchaki sevib bo‘lmaydi

Jumladan, tarbiyaviy muammolar tahlil etilar ekan, "Milliy g‘oya nima uchun kerak?", degan savolni o‘rtaga tashladi. Va, Yurtboshimiz bu savolga qisqa qilib "Vatanni sevish uchun", deya javob berdi.

Darhaqiqat, Vatanni, ona diyorni sevmasdan turib, avvalo, o‘zingni, qolaversa, bizni o‘rab turgan butun borliqni ardoqlab, mehr qo‘yib bo‘lmaydi. Vatan bizga ona kabi muqaddasdir. O‘tayotgan har bir kun, har bir yil O‘zbekistonga sodiq xizmat qilish uchun sizu bizga berilgan imkoniyatdir. Shu bois har yilning o‘ziga xos nomlanishi milliy g‘oyamizning o‘sha yildagi ustuvor vazifasidir. 2018 yilga Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb nom berilishida ham ana shu g‘oya o‘z ifodasini topgandir. 
Prezidentimiz Murojaatnomasida milliy g‘oyamizning 2018 yildagi dolzarb vazifalari sirasiga har bir fuqaro o‘ziga "Men Vatanim O‘zbekistonni qanday sevaman?", degan savolni berishga da’vat qilinganligi ham milliy g‘oya ahamiyati nechog‘liq muhim ekanligini anglatib turibdi.
Vatanni sevish dedik. Bu shunchaki havas emas. Unga sadoqat bilan xizmat qilsakkina to‘laqonli burchimizni ado etgan bo‘lamiz. Shu ma’noda men yaqinda nishonlanadigan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan qator tadbirlarni ko‘rib, ich-ichimdan quvonaman. Alpqomat yoshlarimiz qudratli mashinalarni mahorat bilan boshqarishmoqda. Samoda lochin singari parvoz qilmoqda. Sarhadlarimizni bedor qo‘riqlamoqda. Fuqarolarimiz Qurolli Kuchlarimiz saflariga tantanalar bilan kuzatilmoqda. Harbiylarimizga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlarning cheki yo‘q.

Laylo RAHMATOVA,
Samarqand axborot
texnologiyalari kasb-hunar
kolleji o‘qituvchisi.